O‘zbekiston - Tojikiston biznes-forumi davomida 100 mln dollarlik bitimlar imzolandi

Iqtisodiyot 20:20 / 16.08.2018 4975

Bugun Toshkent shahrida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning tashrifi arafasida, shuningdek, “Tojikiston mahsulotlari” ko‘rgazmasi doirasida “Tojikiston-O‘zbekiston” biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv ikki tomon hamkorligini oshirishga xizmat qiladi. 

Biznes forumning ochilish marosimida bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonov, Tojikiston Respublikasi investitsiya va davlat mulkini boshqarish Davlat qo‘mitasi raisi Farrux Hamrolizoda, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, Tojikiston Savdo-sanoat palatasi Sharif Said hamda ikki davlatning 400 dan ortiq biznes vakillari ishtirok etdilar. 

Foto: Avesta

Tadbir davomida o‘zaro fikrlar almashildi, muammolar muhokama etildi.  

Farrux Hamralizodaning bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yil birinchi yarim yillik holatiga ko‘ra, ikki tomonning tovar aylanmasi 150 mln. AQSh dollarini tashkil etdi va oxirgi yilda 180dan ortiq, umumiy 730 mln. AQSh dollariga teng kelishuv va shartnomalar imzolandi. 

Shuningdek, Tojikiston Savdo-sanoat palatasi raisi Sharif Said so‘zga chiqib, ikkala mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatilishi haqida xabar berdi. 

Forumda Tojikiston Respublikasining investitsion salohiyati namoyish qilindi va O‘zbekiston – Tojikiston o‘rtasida 100 million AQSh dollariga teng savdo-iqtisodiy shartnoma va kelishuvlar imzolandi.

Ko‘proq yangiliklar: