Qirg‘iziston bilan chegarada telekommunikatsion tutashma qurib bitkazildi - u Internetga kirish uchun muqobil yo‘nalishni ochadi

O‘zbekiston 10:34 / 16.08.2018 5148

«O‘zbektelekom» AK va «ElKat» MChJ (Qirg‘iziston) o‘rtasida Quvasoy (Farg‘ona viloyati) - Qizil-Kiya (Batken viloyati) hududida telekommunikatsiya tarmoqlari o‘rtasida yangi transchegaraviy yo‘li qurilishi tugallandi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Xalqaro telekommunikatsion tutashma 16 avgust kuni foydalanishga topshirildi.

«Yangi chegara oldi yo‘lagi internetga kirish uchun muqobil yo‘nalishni ochadi, u Qirg‘iziston hududidan o‘tadi», - deyiladi xabarda.

Ushbu marshrut Afg‘oniston va Turkmaniston yo‘nalishlarida tranzit aloqa kanallarini taqdim etib, «O‘zbektelekom» AK eksport salohiyatini oshiradi.

Shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlarining o‘zaro bog‘liqligini ta'minlash va kompaniyalar o‘rtasida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zbektelekom» rahbariyatidagi o‘zgarishlar sababi ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: