Yo‘l-transport hodisasiga uchragan 2 nafar piyoda kasalxonada vafot etdi

Jamiyat 11:11 / 16.08.2018 7018

14 avgust kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi J.D. boshqaruvidagi “VAZ-2103” rusumli avtomashinani “Kattaqo‘rg‘on-Ishtixon” yo‘lining 76-km.da haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar, Kattaqo‘rg‘on shahrida yashagan S.S. va A.O.ni urib yuborgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada piyodalar turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etganlar.

Ko‘proq yangiliklar: