BMT Venesueladan qochqinlarga yordam berish uchun 50 mln dollar ajratmoqda

Jahon 11:19 / 16.08.2018 2336

BMT bosh kotibi rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning ma'lum qilishicha, BMTning Qochqinlar ishi bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Venesueladan qochqinlarni qabul qilib olayotgan mamlakatlarga yordam berish uchun 46 million dollar ajratish niyatida. Shuningdek, Xalqaro migratsiya tashkiloti shu maqsadda 32 million dollar ajratmoqchi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Dyujarrikning ta'kidlashicha, har ikki tashkilot ham qochqinlarni qabul qilayotgan mamlakatlar hukumatlariga yordam berish uchun mablag‘ ajratishni boshladi. Shuningdek, uning eslatishicha, ushbu tashkilotlar bilan bir qatorda, Venesueladan qochqinlariga BMTning boshqa agentliklari, jamg‘armalari va dasturlari ham yordam beryapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab bu mamlakatdan taxminan 2,3 million qochqin bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maduro suiqasd ishi bo‘yicha bayonot bergandi.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning tvitterda ma'lum qilishicha, unga qilingan suiqasdni tergov qilish chog‘ida «daxlsizlar» bo‘lmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: