Yaponiyalik rassom Takayuki Todo inson kabi imo-ishora qila oladigan robot yaratdi. U kameraga ulangan sun'iy bosh ko‘rinishida bo‘lib, ikkita rejimda ishlaydi.
Birinchi rejimda u inson kabi imo qiladi, ikkinchi rejimda esa insonlarga tikilib ularni o‘rganadi. U hozircha shunchaki art-loyiha, ammo SIGGRAPH anjumanida mazkur qurilma bilan tanishganlar hayratini yashira olmadilar.