Avgust oxiriga mo‘ljallangan rasmiy namoyish o‘tkazilguniga qadar Internetda yangi avlod BMW Z4 rodsterining yangi fotosuratlari tarqaldi. Suratlarda avtomobilning M40i top modifikatsiyadagi modeli tasvirlangan.
BMW Z4’ning M40i modifikatsiyasi hajmi uch litrni tashkil etuvchi olti silindrli motorga ega bo‘lib, motor quvvati 340-360 ot kuchiga teng. U elektron boshqariladigan amortizatorlar, faol orqa differensial va kuchli tormoz mexanizmlari bilan jihozlangan.