2018 yil avgustda nafaqa qanday hisoblanadi?

O‘zbekiston 10:22 / 16.08.2018 28804

2018 yil 8 avgustdan boshlab bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish bo‘yicha oylik nafaqa amaldagi EKIHning 200%i miqdorida hisoblab chiqariladi. Ushbu sanaga qadar u yil boshida belgilangan EKIHdan kelib chiqib hisoblab chiqarilar edi, deb yozadi Norma.
 
Avgust oyi uchun nafaqa miqdori qanday hisoblanadi? Avval nafaqani hisoblab chiqarishning eski va yangi tartibi amal qiladigan kalendar kunlari sonidan kelib chiqib hisob-kitob qilinadigan EKIHni aniqlab olamiz: 
 
 – 1 avgustdan 7 avgustgacha  – 172 240 / 31 x 7 = 38 892,9 so‘m;
 – 8 avgustdan 31 avgustgacha – 184 300 / 31 x 24 = 142 683,87 so‘m;
 – umuman oy uchun – 181 576, 77 so‘m. 
 
Endi ushbu ko‘rsatkichning ikki baravar miqdorini topish qoldi. Nafaqa miqdori quyidagicha bo‘ladi: 181 576,77 x 200 % = 363 153,54 so‘m.
 
Iyul oyida, EKIH miqdori o‘zgarganiga qaramay, nafaqa yil boshida belgilangan EKIHdan kelib chiqib hisoblanadi, ya'ni:
 
172 240 x 200% = 344 480 so‘m.
 
Sentyabr oyidan boshlab u amaldagi EKIHdan kelib chiqib hisoblanadi, ya'ni: 184 300 x 200% = 368 600 so‘m.

Ko‘proq yangiliklar: