O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun soatbay haq to‘lash miqdorlari tasdiqlanadi

O‘zbekiston 14:43 / 14.08.2018 27749

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘quvchilari uchun o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslarga 38 727,2 so‘m miqdorida soatbay haq to‘lanadi.

Fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslar - 22 713,1 so‘m.

Ilmiy darajaga ega bo‘lmagan shaxslar - 15 581,2 so‘m.

Bundan tashqari, oliy ta'lim muassasalari talabalariga o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslarga 44 259,6 so‘m miqdorida soatbay haq to‘lanadi.

Fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslar - 27 954,4 so‘m. Ilmiy darajaga ega bo‘lmagan shaxslar - 20 255,4 so‘m.

Tayanch doktorant va doktorantlar, rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha ta'lim muassasalari (kurslari) tinglovchilariga o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslarga 53 481,4 so‘m miqdorida soatbay haq to‘lanadi.

Fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslarga - 36 690,1 so‘m. Ilmiy darajaga ega bo‘lmagan shaxslarga - 29 604,2 so‘m.

Kurslar tinglovchilari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumoti talab etiladigan lavozimlarni egallab turgan ishchilar, xodimlariga o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslarga 30 202,8 so‘m miqdorida soatbay haq to‘lanadi.

Fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslarga - 17 581,3 so‘m. Ilmiy darajaga ega bo‘lmagan shaxslar - 11 858,9 so‘m.

Shuningdek, umumta'lim maktablari pedagog xodimlariga o‘tgan darsi uchun soatbay haq to‘lash miqdorlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

Qayd etilishicha, soatbay haq to‘lash miqdori tarkibiga mehnat ta'tili haqi kiritilgan.         

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi akademiklari mehnatiga soatbay haq to‘lash miqdorlari 15 foizga oshiriladi.

Konkurs va tanlovlar jyurilari a'zolari, shuningdek konkurs ishlari taqrizchilari mehnatiga haq to‘lashda oliy ta'lim muassasalari talabalari bilan o‘quv mashg‘ulotlari olib borganlik uchun to‘lanadigan soatbay haq to‘lash miqdorlari qo‘llaniladi.

Akademik litseylarga o‘qituvchilik faoliyatiga mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida jalb etiladigan oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatiga soatbay haq to‘lashda oliy ta'lim muassasalari talabalari bilan o‘quv mashg‘ulotlari olib boruvchi shaxslar uchun nazarda tutilgan mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari qo‘llaniladi.

Umumta'lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga kasbiy ta'lim berishga ixtisoslashtirilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi ishlab chiqarish ta'limi ustalarining soatbay haq to‘lash miqdori - 15581,2 so‘m.

O‘quv mashg‘ulotlarini soatbay haq to‘lash asosida olib borganlik uchun haq to‘lash xarajatlari ta'lim muassasasi xarajatlar smetasining hisob-kitoblar yoyilmasida alohida qator bilan ajratilgan soatbay haq to‘lash fondi mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.

Soatbay haq to‘lash miqdorlari akademik soatdan kelib chiqib belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: