Toshkentda 35ta xonaga ega ikki qavatli bino auksionga qo‘yildi

Jamiyat 15:40 / 14.08.2018 22798

E-ijro Auksion ma'lumotlariga ko‘ra, Toshkentda 35ta xonaga ega ikki qavatli bino auksionga qo‘yildi.

Foto: E-ijro Auksion

Obekt Yashnobod tumani, Aviasozlar 4-mavzeda joylashgan. Yer uchastkasining umumiy maydoni - 0,0891 ga, bino umumiy maydoni - 1005 kv.m., foydali maydoni - 588,49 kv.m.

Xabar qilinishicha, bino 35ta xonadan iborat. Ijro hujjati 2018 yil iyun oyida iqtisodiy sud tomondan chiqarilgan.

Foto: E-ijro Auksion

Baholangan narxi - 3,3 mlrd so‘m. Zakalat puli miqdori - 165 mln so‘m.

Auktsion 21 avgust kuni bo‘lib o‘tadi, arizalar qabul qilish 19 avgust kuni nihoyasiga yetadi.

Foto: E-ijro Auksion
Foto: E-ijro Auksion

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ikki qavatli dang‘illama uy 2,4 mlrd so‘mlik boshlang‘ich narx bilan auksionga qo‘yilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: