OAV: noma'lum shaxslar Shvetsiyada 80ta avtomobilga o‘t qo‘ydi

Jahon 15:12 / 14.08.2018 6543

13 avgustdan 14 avgustga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar Shvetsiyaning g‘arbiy qismida joylashgan Geteborg va Trollxettan shaharlarida kamida 80ta avtomashinani yoqib ketdi. Bu holat birdaniga bir necha tumanda ro‘y berdi, deya xabar qildi SVT telekanali.

Mahalliy politsiya vakili Ulla Bremning ma'lum qilishicha, mamlakatda ko‘plab yong‘inlar yuz bergan davrlar kuzatilgan, biroq bunday ommaviy tarz bilan ular birinchi marta to‘qnash kelishgan.

Göteborgs Posten gazetasining politsiyaga asosan xabar berishicha, aksiya haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali kelishib olingan bo‘lishi mumkin. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mashinalarga qora rangli kiyimda bo‘lgan odamlar o‘t qo‘ygan, ularning qo‘llarida benzinli kanistrlar va beysbol bitalari bo‘lgan.

Trollxettan politsiyasining qayd etishicha, noma'lum shaxslar voqea joyiga kelgan qutqaruvchilarga yordam bergan politsiyachilarga qarata tosh otishgan. 

Ko‘proq yangiliklar: