Foto: Kolumbiyadagi rang-barang daryo

Jahon 15:45 / 14.08.2018 13799

Sayyoramiz daryo, ko‘l, dengiz va okeanlarni hosil qiluvchi suv oqimlari bilan «chizib tashlangan». Ulardagi suvning rangi haqida so‘ralganida, moviydan tortib, yashilgacha bo‘lgan ranglarni aytishingiz mumkin. Biroq rang-barang daryoni ko‘rmagan bo‘lsangiz kerak.

Kano-Kristales nomli bunday qiziq, rang-barang daryo Kolumbiyaning tog‘li, janubiy hududlaridan oqib o‘tadi. Kano-Kristales aynan shu nomdagi milliy bog‘ tarkibiga kiradi.

Besh rangdan iborat rang-baranglik: moviy, yashil, sariq, qizil va qora – turli xildagi suv o‘tlarining mavjudligi bilan izohlanadi. Yil faslidan kelib chiqib, ularning hayotiy faoliyati va rangi o‘zgaradi.

Mahalliy aholi uni Shaffof daryo deb ataydi. Undagi suv haqiqatan ham shaffof va toza, shuning uchun tubidagi toshlar ko‘rinib turadi. Biroq bu yerda baliqlar mavjud emas: undagi jonzotlar daryoning oqimi va suv tarkibiga moslasha olmagan.

Yoz faslida quyosh nurlari va issiq havo va Macarenia Clavijera o‘simligi qurigani sabab, daryo suvi qip-qizil tus oladi. Bir vaqtning o‘zida suvning ba'zi qismlarida boshqa suv o‘tlari sababli yana uch xil – sariq, moviy va qora ranglarni ham kuzatish mumkin.

Suvdagi o‘simliklarning faol gullash vaqti yoz fasliga to‘g‘ri keladi. Afsuski, iyundan noyabrgacha sayyohlar bu yerga kelishi man etilgan.

Kano-Kristales dunyodagi eng chiroyli daryo deya tan olingan. Unga yetib borish ham oson emas. Dastlab Kolumbiyadagi La-Makarena shahrigacha uchish, qayiqda suzish va yana odam qadami yetmagan yo‘laklardan yurib borish kerak.

Ko‘z oldingizda uzunligi 100 kilometr va kengligi 20 metr bo‘lgan tabiat mo‘'jizasi paydo bo‘ladi. Daryo hajmi Amazonkada bo‘lgani kabi u qadar katta emas. Biroq parvardigor ijodi namunalaridan biriga guvoh bo‘lgach, Yerda g‘aroyib joylar ko‘p ekanini anglaysiz.

Sariq, yashil, moviy, qizil kabi ranglar haqiqatan ham kishini lol qoldiradi.

O‘simliklarning alvon, pushti, zangori ranglari suv oqimi ostida harakatlanib, kamalak hosil qiladi.

Daryo tubining ayrim joylarida dumaloq o‘ralar hosil bo‘lgan. Ular mahalliy tilda «moyyas» deb ataladi.

Bu yerda cho‘milishga ruxsat berilgan. Odamlar suvda xotirjamlikni his etishganini aytishgan.

Atrofda faqat osmon, cheksiz jungli va shaffof hamda salqin suv bor.

Tadqiqotlarga ko‘ra, daryodagi suv shu darajada tozaki, distillanganga o‘xshaydi. Suyuqlik tarkibida mineral va tuzlar yo‘q. Shuning uchun ichish uchun yaroqsiz. Baliq ham bunday sharoitda yashay olmaydi: oziqlanish uchun hech nima yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: