Akademiklar «to‘siqlarni yo‘ldan oluvchi» guvohnoma bilan ta'minlandi

O‘zbekiston 12:56 / 14.08.2018 8996

Bugun, 14 avgust kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Fanlar akademiyasi akademiklariga yangi namunadagi guvohnomalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda bosh vazir olimlarni ishlab chiqarishga keng jalb qilishning ahamiyati haqida gapirdi.

«Afsuski, chorak asr davomida akademiklarga e'tibor qilinmagani katta xato bo‘lgan. Shu tufayli ishlab chiqarish jarayonidan ancha ortda qoldik. Hozirda biz ishlab chiqarishni rivojlantirmoqdamiz va bu jarayonda siz akademiklarimizning bilimi, hayotiy tajribasi biz uchun juda muhim», deya bosh vazirning so‘zlarini keltirmoqda yig‘ilishda ishtirok etgan «Kun.uz» muxbiri.

Ma'lumot uchun, hozirgi kunda Fanlar akademiyasining 91 nafar akademigi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoy sohaning turli yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 20 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurgandi

Tashrif davomida o‘tkazilgan yig‘ilishda Fanlar akademiyasining akademiklari guvohnomasining yangi namunasini ishlab chiqish va akademiklar guvohnoma bilan tegishli vazirlik va idoralarga hech qanday to‘siqlarsiz kirishlarini ta'minlash yuzasidan akademiklarning bildirgan takliflari prezident tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.

Ko‘proq yangiliklar: