Panasonic kompaniyasi oyoq kiyimidan keluvchi hidlarni yo‘qotish uchun MS-D100 qurilmasini ishlab chiqdi. Uni Yaponiyada sotish rejalashtirilmoqda, ushbu davlatda tananing yoqimsiz hidlari jamiyat tomonidan qoralanadi.
Qurilmani ishlatish uchun uni oyoq kiyimiga tepadan ulab qo‘yish va tanlangan rejimga qarab, 5 yoki 7 soat davomida bu holatda qoldirish kerak. MS-D100 oyoq kiyimiga ionlashgan havo zarralarini yuboradi, ular materialdan o‘tib, yoqimsiz hidlarni yo‘qotadi.
Panasonic so‘zlariga ko‘ra, uzoq rejim «hidlardan ayniqsa tashvishga tushadiganlar uchun» mo‘ljallangan. Qurilma 20 sentabr kuni Yaponiyada namoyish etiladi, ammo narxi hali noma'lum.
Bu Panasonic’ning yoqimsiz hidni yo‘qotishga qaratilgan birinchi mahsuloti emas. 2017 yilning yozida kompaniya MS-D100’ga o‘xshash usulda ishlaydigan, kiyim-kechaklarga mo‘ljallangan dezodorant chiqargandi.