Ipoteka-bankning bepul “Internet-banking” xizmatidan foydalaning!

Iqtisodiyot 20:25 / 13.08.2018 38913

Ipoteka-bankda “Internet-banking” xizmatida yangi imkoniyatlar

Ipoteka-bankda xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga  bepul “Internet-banking” xizmatini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Ipoteka-bank mijozlarning talablaridan kelib chiqqan holda hamda yangi mijozlarni bank xizmatidan foydalanishga taklif qilish maqsadida, ushbu xizmatni  yanada qulay ko‘rinishda taqdim etmoqda.

“Internet-banking” o‘zi nima?

“Internet-banking” – mijozlarning bank hisobvaraqalarini masofadan boshqarish tizimi bo‘lib, ushbu tizim mijozlarga uydan chiqmagan holda bankning ko‘plab xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Buning uchun bor-yo‘g‘i internetga ulanish imkoniga ega kompyuter yoki smartfonda Ipoteka-bankning mobil ilovasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

Ipoteka-bankdan “Internet-banking” tizimida yangi xizmat turi

Endi Ipoteka-bank mijozlari hisob raqamlariga qo‘yilgan to‘lov talabnomalarini masofadan turib aktseptlashlari (to‘lovga rozilik yoki rad etishlari) mumkin.

Mazkur xizmat turi bugungi kunda O‘zbekistonda yagona hisoblanadi. Endi Siz Ipoteka-bank xizmatlaridan masofadan turib yanada qulaylashtirilgan holda foydalanishingiz mumkin.

Endi ilgarigiday “talabnomangizni aktseptlash uchun bankka kelib keting” deb telefon orqali Sizni bezovta qilishmaydi. Faqat Ipoteka-bankning “Internet-banking” xizmatiga ulansangiz kifoya.

Yangi xizmatga ulanish uchun nima qilish kerak?

Sizga xizmat ko‘rsatiladigan Ipoteka-bank filialiga faqatgina bir marta borib, “Internet-banking” xizmatidan foydalanish yuzasidan yozma murojaat qilasiz va elektron kalitini qo‘lga kiritasiz.

Mana shu kalitdan foydalangan holda bankning “Internet-banking” xizmati orqali o‘zingiz istagan bank operatsiyasini amalga oshiring va o‘z hisob raqamlaringizni o‘zingiz boshqaring.

Ipoteka-bankdagi “Internet-banking” xizmatining afzalliklari

  • Bepul - ya'ni masofadan hisobni boshqarish va operatsiyalarni amalga oshirish mutlaqo bepul! Elektron kalit tekinga beriladi va hech qanday oylik abonent to‘lovi yo‘q.
  • Vaqt tejamkorligi va qulaylik - barcha bank operatsiyalari internet orqali bank filialiga bormasdan bajariladi. Hatto mijoz xorijda turib ham, internet orqali bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: