Sport | 18:36 / 11.08.2018
6105
1 daqiqa o‘qiladi

APL. «Tottenhem» mavsumni g‘alaba bilan boshladi

Foto: Tottenham Hotspur

Angliya Premer-Ligasida 1-tur o‘yinlari davom etmoqda.

«Tottenhem» safarda «Nyukasl» bilan bellashdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Qizig‘i shundaki, barcha gollar bosh bilan berilgan zarbalardan so‘ng urildi.

8-daqiqada Vertongen mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 3 daqiqa o‘tgach, Xoselu uni tenglashtirdi. 18-daqiqada Alli «Tottenhem» uchun g‘alaba keltirgan golni urdi.

APL, 1-tur
Nyukasl – Tottenhem 1:2 

11 avgust, «Sent-Jyeyms Park» stadioni
Gollar: 0:1 – 8 Vertongen, 1:1 – 11 Xoselu, 1:2 – 18 Alli. 
Nyukasl – Dubravka, Lassels, Dammett, Yyedlin, Klark, Ritchi (Atsu, 69), Shelvi, Diame, Kenedi, Peres (Muto, 81), Xoselu (Rondon, 59).
Tottenhem – Loris, Sanches, Devis, Ore, Vertongen, Dayyer (Eymos, 88), Sissoko, Eriksen, Lukas Moura (Dembele, 68), Alli (Son Xyon Min, 80), Keyn.
Ogohlantirishlar: Dayyer (42), Xoselu (58), Keyn (68).

Mavzuga oid