Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turk lirasi kursi tarixiy minimum darajasigacha quladi
Bugun Turkiya milliy valyutasi — lirasi 10 foizgacha qadrsizlandi hamda Anqara va Vashingtonning saqlanib turgan o‘zaro ziddiyati fonida AQSh dollariga nisbatan tarixiy rekord minimumni yangiladi.
Yil boshidan buyon turk lirasi o‘z qiymatining 27 foizini yo‘qotdi. Ekspertlar fikricha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning mamlakat pul-kredit siyosati ustidan nazoratni kuchaytirishga bo‘lgan intilishi milliy valyuta kursida o‘z aksini topgan. Bugun 1 AQSh dollari qariyb 6,5 turk lirasiga sotilgan.
Bundan tashqari, lira kursining tushishi AQSh prezidenti ma'muriyatining Turkiyaning AQSh bozoriga bojsiz kirishi masalasini qayta ko‘rib chiqish haqidagi bayonotidan so‘ng ro‘y bergan. Bu hol Turkiyaning 1,5 milliardlik eksportiga o‘z salbiy ta'sirini o‘tkazishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, AQSh avgust oyi boshida mamlakatga ayrim mahsulotlarini import qilishda imtiyozlardan foydalanish tizimi (Generalized System of Preferences — GSP) da Turkiyaning ishtirok etish imkoniyatini qayta ko‘rib chiqish jarayonini boshlagan.
Turk lirasi kursining qulashi amerikalik pastor Endryu Branson ishiga bog‘liq ravishda Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gul va ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘yluga nisbatan AQSh moliya vazirligi sanksiya joriy etishi bilan bog‘lanmoqda. Bu amaldorlarning AQShga kirishi taqiqlanadi, ularning Amerikadagi aktivlari muzlatiladi.
Turkiya delegatsiyasi 8 avgust kuni Vashingtonda AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Jon Sallivan bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Turkiyada josuslik va terrorchilar bilan aloqada bo‘lganligi uchun hibs etilgan pastor Endryu Bransonni ozod etish uchun va'da berish yoki yon berishni rad etgan.
Turk delegatsiyasi uchrashuv mobaynida AQShning Eronga nisbatan joriy etgan saksiyalarini buzganlikda gumonlanib, unga nisbatan surishtiruv olib borilayotgan Turkiyaning Halkbank banki bilan bog‘liq vaziyatdan tashvish bildirgan. Biroq AQSh vakillari muzokara mobaynida toki Anqara Bransonni ozod etmas ekan, Halkbank’ga nisbatan potensial choralar yumshatilmasligiga shama qilgan. Anqara vakillari esa o‘zlariga qandaydir majburiyat olishmagan yoki pastorning ozod etilishi bo‘yicha Vashingtonga biror va'da bermagan.
The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar qilishicha, amerika-turk muzokaralaridagi muvaffaqiyatsizlik Donald Tramp ma'muriyatining Turkiyaga nisbatan yangi «jazo choralari» qo‘llanilishiga olib kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari Dushanbeda terrorizmga qarshi ilk muloqotni o‘tkazdi
Jahon | 17:23
-
Fransiya X ijtimoiy tarmog‘iga jinoiy ish ochdi
Jahon | 17:05
-
VALVOLINE – Konferensiya 2025: FIFA Jahon Chempionati, FORMULA 1, Gollandiyaga sayohat
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz

12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025