Anqara Turkiyaning yangi iqtisodiy siyosatini e'lon qildi

Jahon 19:41 / 10.08.2018 9259

Turkiya g‘aznachilik va moliya vaziri Berat Olbayrakning ma'lum qilishicha, Ankaraning ustuvor yo‘nalishlaridan biri mustaqil pul siyosatini ta'minlashdir.

Moliya vazirligi rahbari Turkiya yangi iqtisodiy siyosati dasturida o‘z aksini topgan mamlakat hukumatining ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi.

Turkiyaning yangi iqtisodiy strategiyasiga ko‘ra, hukumat mamlakat iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash uchun barcha bozor ishtirokchilari bilan faol muloqot qiladi, dedi Olbayrak.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash uchun hukumat avval inflyatsiya bilan kurashadi.

«Davlat byudjyeti muvozanatini ta'minlash va mahsulot sifatini oshirish mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir», - dedi Olbayrak. 

Moliya vazirligi rahbarining ta'kidlashicha, Turkiya Markaziy banki mustaqil pul-kredit siyosati yuritishiga alohida ahamiyat beradi. «Biz bozordagi vaziyatga aralashmaslikka harakat qildik. Ushbu yondashuv davom ettiriladi», - dedi vazirlik rahbari.

G‘aznachilik va moliya vazirining xabar berishicha, hukumat mamlakat parlamentiga Turkiyaning yangi moliyaviy tartibga soluvchi idorasini tashkil etish tashabbusini ko‘rib chiqishga kiritishni rejalashtirgan.

Turkiyaning soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi isloh qilinadi, deya ta'kidladi Moliya vazirligi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq turk lirasi minimal rekordni yangilagani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: