Sentyabrda Toshkentda SCHNEIDER GROUP vakolatxonasi ochiladi

Iqtisodiyot 11:28 / 09.08.2018 3867

Sentyabrda Toshkentda SCHNEIDER GROUP vakolatxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi «Jahon» AA.

O‘zbekistonga iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan nemis kompaniyalarining vakillari tashrif buyuradi. Ushbu amaliy safarning tashabbuskori - SCHNEIDER GROUP.

Xorijiy ishbilarmonlar Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Savdo-sanoat palatasida muzokaralar olib borish uchun keladi.

Dasturda, shuningdek, bir qator ishlab chiqarishlarga borish, respublikadagi iqtisodiy salohiyat, investitsiya imkoniyatlari va biznes muhit bilan tanishish, o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilish borasida rejalar ham bor.

SCHNEIDER GROUP 2003 yilda tashkil etilgan. Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Polsha, O‘zbekiston va Armaniston hududida biznesni yaratish va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan bek-ofis xizmatlarini taqdim etadi.

Ko‘proq yangiliklar: