O‘zbekistonda Qozog‘iston sementiga bo‘lgan talab ortmoqda

Iqtisodiyot 11:27 / 07.08.2018 13410

Buni mahalliy sotuvchilar tasdiqlamoqda, deb xabar beradi «Xabar 24» telekanali.

Chimkent, Qarag‘anda va Tarazda ishlab chiqarilgan mahsulot iste'molchilar orasida katta talabga ega bo‘lmoqda. Qurilish bozori sotuvchisi Kahramon Nosirovning aytishicha, ular oyiga 300 tonnagacha Qozog‘iston qurilish materiallarini sotadilar. O‘zbekistonda qurilishning rivojlanish sur'atlarini hisobga olinsa, bu raqam bir necha barobarga ortishi mumkin, deya hisoblaydi tadbirkor.

O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yil yanvar-mart oylarida ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 543 million dollardan oshdi. Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston 265 ming tonna Qozog‘iston sementini import qilgan. Bu o‘tgan yillarga qaraganda uch baravar ko‘p.

«Hozirgi paytda O‘zbekistonda qurilish ishlari jadal rivojlanmoqda. Shu sababli, qurilish mahsulotlariga talab yuqori. Ayniqsa Qozog‘istondan sement uchun. Mahsulot sifati yaxshi. Bir oy ichida biz 200-300 tonna sement sotamiz, uning 70% Qozog‘istonda ishlab chiqariladi. O‘zbek sementining sifati ham yaxshi, ammo zavod ishining majburan to‘xtatish sababli Qozog‘istondan importga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi. Shuningdek, bojxona boji masalasi ham hal qilindi, tovarlarning narxi esa yanada maqbul bo‘ldi», - deydi qozog‘istonlik tadbirkor Kahramon Nosirov. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2018 yilda tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun narxlarning oshishi tufayli sement ishlab chiqarishni kamaytirmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2018 yilning birinchi yarmida portlandsement ishlab chiqarishni qisqartirdi. Xususan, olti oy davomida soha korxonalari tomonidan 3953,8 ming tonna sement ishlab chiqarildi (2017 yilning shu davrida - 4198,7 ming tonna).

Ko‘proq yangiliklar: