O‘zbekiston Qozog‘istondan yog‘ni 4 million dollarga import qiladi

Iqtisodiyot 16:30 / 07.08.2018 10477

Qozog‘iston yog‘ni O‘zbekistonga eksport qila boshladi, deya xabar beradi «Atameken» telekanali.

«Shimkentmay» «KazakhExport» eksport sug‘urta kompaniyasi dasturi doirasida «Sberbank»dan 100 mln tenge (2,2 mlrd so‘m) miqdorda eksportdan avvalgi moliyalashtirishning birinchi transhini oldi.

Markaziy Osiyoga eksportni amalga oshirish uchun moliyalashtirishning tasdiqlangan limiti umumiy hajmi 730 mln tenge (16 mlrd so‘m)ni tashkil etadi, ulardan 702 mln tenge (15,5 mlrd so‘m) - O‘zbekiston uchun limit.

Yil oxiriga qadar «Shimkentmay» AJ O‘zbekistonga qariyb 4 million dollarlik qiymatdagi yog‘ eksport qilishni rejalashtirmoqda.

«To‘rt million dollarlik shartnoma - Janubiy Qozog‘iston viloyati tadbirkorlar palatasi va «KazakhExport»ning mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish bo‘yicha hamkorlikdagi ishining natijasi», - deya ta'kidlab o‘tdi Janubiy Qozog‘iston viloyati tadbirkorlar palatasining loyihalarga hamrohlik qilish bo‘limi eksperti Bakitjan Seytinbetov. 

Ko‘proq yangiliklar: