Payme kartadan kartaga pul o‘tkazish endi barcha banklarni qamrab olganligini e'lon qildi

Fan-texnika 14:55 / 07.08.2018 6040

Payme to‘lov tizimi kartadan kartaga pul o‘tkazish funksiyasini endi O‘zbekistondagi barcha banklarda amalga oshirish mumkinligini ma'lum qiladi. Kompaniya HamkorBank bilan kelishuvga erishdi va shu tariqa kelishilgan banklarning umumiy soni 28 taga yetdi. Boshqa barcha banklar kabi, pul o‘tkazish xizmati narxi 1 % ni tashkil etadi. Qabul qilish va o‘tkazish limiti oyiga 10 000 000 so‘mni tashkil etadi.

Foto: Payme 

Shuningdek kompaniya yangi foydalanuvchilar uchun 17 iyuldan 17 avgustgacha keng miqyosli aksiya o‘tkazmoqda.  Har kuni aksiya ishtirokchilaridan biri 300 000 so‘m pul yutug‘iga ega bo‘ladi va yutuq bevosita plastik kartaga o‘tkaziladi. O‘yin shartlari oddiy:

  • Telefoningizga iOS va Android uchun mo‘ljallangan Payme mobil ilovasini yuklab oling;
  • Mobil ilovada avval ishlatmagan bank kartangizni tizimga kiriting;
  • Istalgan tovar yoki xizmatga istalgan summaga to‘lovni amalga oshiring.
Foto: Payme 

Ushbu shartlarni bajargan har bir ishtirokchiga ID-kod yuboriladi. So‘ng tasodifiy sonlar generatori yordamida omadli g‘olib aniqlanadi. Ushbu shartlarni atigi bir marta bajarganingizdan so‘ng birinchi g‘oliblikni qo‘lga kiritgunga qadar butun aksiya davomida ishtirok etasiz. Aktsiyada ishtirok etish haqidagi batafsil ma'lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: