Novate jurnali o‘z maqolasida avval boshqarilgan hamda eng tez zanglaydigan oltita avtomobil haqida ma'lumot berdi.
Jurnal versiyasiga ko‘ra, eng tez zanglaydigan avtomobilga «Volga» aylandi. Hozirgi vaqtda bunday avtomobillar kamdan-kam uchraydi, lekin 2000-yillarning boshlarida talab katta edi. «Volga» korpusi yomon sifatli metalldan qilingan, shuning uchun avtomobil bir necha yillardan keyin zanglab ketadi.
Ikkinchi o‘rinda - 2007-2014 yillarda ishlab chiqarilgan Ford Mondeo. Novate’ning yozishicha, bu avtomobilda kuzov juda tez yomon holatga kelib qoladi, ayniqsa, uzoq vaqt sovuq ob-havo kuzatiluvchi va yo‘llarga tuz sepiladigan mintaqalarda.
Uchinchi o‘rinni 1998-2004 yillarda chiqarilgan Opel Astra egalladi. Jurnalning yozishicha, mashina juda zaif zavod kuzoviga ega. Avtomobil egasi avtomobilga to‘g‘ri qaramasa, unda u bir necha yil davomida zanglab ketadi.
Jurnal UAZ Patriot’ni to‘rtinchi o‘ringa loyiq topdi. Avtomobil korroziyaga qarshi yaxshi qoplama bilan maqtana olmaydi, shu sababdan uning kuzovi juda qisqa vaqt ichida zang bilan qoplanadi.
Beshinchi o‘rinni, Novate talqiniga ko‘ra, 1995-2006 yillarda ishlab chiqarilgan Nissan Almera egalladi. Yuqori ishonchliligiga qaramasdan, avtomobil eshiklar, kapot qopqoqlari va bagajnikda tez zang paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi. Ba'zi hollarda, bagajnikning ustki qismi 2-3 yilda butunlay chirib ketgan.
So‘nggi o‘rinda Mazda 6 (2002-2012 yillar) qayd etildi. Jurnalning yozishicha, ushbu avtomobilning birinchi avloddagi mashinalari zangga qarshi juda yomon himoyaga ega. Agar haydovchi muammoga e'tibor bermasa va chora ko‘rmasa, unda avtomobil kuzovi bir necha yil ichida chirib ketishi mumkin.