AQShdan kelgan o‘zbekistonlik Davlat turizm qo‘mitasida yuqori lavozimga tayinlandi

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev/Foto: Facebook
AQShdan kelgan o‘zbekistonlik Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Davlat turizm qo‘mitasida yuqori lavozimga tayinlandi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov xabar bergan.
«Yana bir vatandoshimiz O‘zbekistonga yetib keldi va yuqori lavozimda o‘z faoliyatini boshladi», - deyiladi xabarda.
Qo‘mita Qosimxo‘jayevni Qo‘shma Shtatlardan taklif qildi, u ushbu davlatda 2000 yilda Peys Universitetini «Biznesni boshqarish» mutaxassisligi bo‘yicha, 2007 yilda esa - Barri Universiteti magistraturasini «Moliya» yo‘nalishi bo‘yicha tamomladi.
2007-2013 yillarda Barri va Zanderberd universitetlarida dars bergan.
2014 yildan Qo‘shma Shtatlarda turizm va investitsiyalar sohasida o‘z biznesiga asos soldi.
Qo‘mitada hozirgi kunda Qosimxo‘jayev raisning birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchidir.
Mavzuga oid

19:50 / 08.01.2025
Turistik klasterlarni tashkil etish tartibi belgilandi

17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi

22:36 / 26.09.2024
Chirchiq daryosining 6 km qismida dam olish hududi barpo etiladi

15:05 / 02.09.2024