O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 7 avgustdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 8.83 so‘mga arzonlagan va 1 dollar 7783 so‘m 5 tiyinga teng bo‘lib turibdi. Bu 2017 yil 5 sentabridan beri eng past ko‘rsatkichdir.
Yevro kursi esa 79.57 so‘mga tushib, 1 yevro 9002 so‘mu 65 tiyinni tashkil etmoqda.
Bir rubl kursi 1,23 so‘mga tushgan va 1 rubl 122,96 so‘mga teng.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan ikki haftada dollar kursi ko‘tarila boshlagandi.
Ma'lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.