O‘zbekiston qovun va anorlarini Fransiyaga yetkazib berishga cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda Respublika Tashqi savdo vazirligi xabar qildi.
Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Parijda Fransiya qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shunday kelishuvga erishdi.
Fransiya qishloq xo‘jaligida o‘tkazilgan muzokaralarda o‘zbek qovun va anorlariga qo‘yilgan fitosanitar cheklovlar olib tashlandi va shuningdek, O‘zbekistondan behi, xurmo, olxo‘ri, smorodina va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilish uchun karantin talablari qo‘rib chiqildi.
“O‘zbek mahsulotlari Yevropa bozoriga chiqishi uchun biz Yevropa Ittifoqi, xususan, Fransiya bilan qo‘shma kelishuvlarga erishishga harakat qilyapmiz. Shunda biz bog‘dorchilik va to‘qimachilik mahsulotlarini keng eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz”, - dedi J.Xo‘jayev.