Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oddiy haydovchining daftarlari tufayli o‘nlab amaldorlar hibsga olindi
Argentinada amaldorlarning haydovchisi o‘z daftarlaridagi yozuvlarni oshkor qilgach, 12 nafar shaxs hibsga olindi. Daftarlarda u yetkazib berishi kerak bo‘lgan poralar haqidagi yozuvlar bo‘lgan.

Haydovchi Oskar Tsenteno 2003 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davrda, hokimiyat tepasida Kristina Fernandes de Kirshner va uning marhum turmush o‘rtog‘i Nestor Kirshner bo‘lgan vaqtida yozuvlarni kiritib borgan. Tsenteno yetkazib berishi lozim bo‘lgan pullarning qiymati, vaqti va hatto sumkalarning og‘irligini batafsil yozgan. Shuningdek, u manzillar va boshqa ko‘plab tafsilotlarni, masalan, xo‘jayini sport zaliga qachon borishini ko‘rsatgan.
2018 yil boshlarida Tsenteno La Nacion gazetasiga sakkizta daftarni topshirdi, nashr hokimiyat vakillariga murojaat qilishdan oldin uning ustida bir necha oy davomida ishladi. 1 avgust kuni nashr ko‘plab hibslarga olib kelgan surishtiruvni e'lon qildi.




Jurnalistlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, daftarlarda 56 million dollar miqdoridagi poralar haqida gap boradi. Sudyaning fikriga ko‘ra, poralar umumiy miqdori 160 million dollarga yetgan.
Qo‘lga olinganidan keyin Tsenteno tergov bilan hamkorlik qila boshladi. Daftarlar tufayli ushlangan ko‘plab mansabdor shaxslar va tadbirkorlar ko‘rsatma berishdan bosh tortdi. Ishda nomi zikr etilganlar orasida qurilish kompaniyasi sobiq rahbari Xaver Sanches Kabalero, shuningdek, energetika kompaniyasi vitse-prezidenti Xerardo Ferreyra va Xorxe Gilermo Neyra bor.

Bloomberg agentligining ta'kidlashicha, «eng muhim masala» - bu Kristina Kirshnerning hibsga olinishi va unga 2019 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga xalaqit qilishga olib kelishi mumkinligida. Dekabr oyida u davlatga xiyonat va valyuta savdosidagi qonunbuzilish holatlari uchun qamoqdan qutulib qoldi. Bu safar poralar haqidagi ishni ko‘rib chiqayotgan sudya Kirshnerni deputatlik daxlsizligidan mahrum etishni talab qildi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
Mavzuga oid

21:49 / 07.07.2025
Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar bilan ushlandi

09:20 / 06.07.2025
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti

08:25 / 05.07.2025
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

19:07 / 01.07.2025