Jizzaxda «Kobalt» haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi

Illyustrativ foto
Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 2 avgust kuni Angren shahar Logistika markazida yashovchi G.L. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasini “Jizzax-Paxtakor-Gagarin” yo‘lining 83-km.da haydab ketayotib piyoda, “Ipak yo‘li” MFYda yashovchi maktab o‘quvchisi X.M.ni urib yuborgan.
Natijada X.M. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

12:10
Jizzaxda mast holda mashina boshqarib, opa-singilning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi uzoq muddatga qamaldi

09:51 / 09.03.2025
Uchta viloyatda “valyutchiklar” ushlandi

10:15 / 04.03.2025
O‘zgalar nomiga akkaunt ochib, ularning tanishidan pul undirgan talaba ushlandi

14:54 / 23.02.2025