O‘zbekiston Hyundai Rotem’ni Toshkent va Samarqand o‘rtasida tezyurar qatnovni tashkil etishga jalb qilmoqchi

Foto: Railway Pro
O‘zbekiston Hyundai Rotem’ni Toshkent va Samarqand o‘rtasida tezyurar qatnovni tashkil etishga jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu prezidentning «2018-2019 yillarda investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida aytilgan.
Loyiha 2019 yilga mo‘ljallangan. Rejaga ko‘ra, 1 mlrd dollarga tushadi, bundan 50 mln dollarni «O‘zbekiston temir yo‘llari» yo‘naltiradi, qolgan 950 mln dollar esa Janubiy Koreya kompaniyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari bo‘ladi.
Hyundai Rotem Hyundai Motor Group tarkibiga kiradi. 1979 yilda tashkil etilgan. O‘shandan beri u tezyurar poyezdlarning eng yetakchi yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi, shu jumladan, dizelda ishlaydiganlari va elektrovozlar bo‘yicha ham.
Mavzuga oid

15:27
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025