Tojikiston O‘zbekiston janubida zavod quradi

Iqtisodiyot 16:15 / 03.08.2018 33369

Yaqin kelajakda Tojikiston O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati hududida yangi sement zavodini qurishga kirishadi, deb xabar qilmoqda «ASIA-Plus».

«Zavod Tojikistonda sement ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi xususiy kompaniya hisobiga quriladi, - deya ma'lum qildi respublika iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Ne'matullo Hikmatullazoda. - Tojikiston xususiy biznesining qo‘shni davlat iqtisodiyotiga investitsiya kiritish niyatini qo‘llab-quvvatlaymiz». 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasini yaqin kelajakda yiliga bir milliard dollargacha yetkazish mo‘ljallanmoqda.

«Bu Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi paytlarda tubdan o‘zgargani tufayli yuz beradi», - deya qayd etib o‘tdi vazir.

Uning ta'kidlashicha, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi joriy yilning olti oyi davomida 128,3 million dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 69 million dollarga ko‘p.

Ko‘proq yangiliklar: