Samsung yangi Galaxy Note 9 smartfoni tizerini taqdimotdan bir hafta ilgari namoyish etdi

Fan-texnika 21:30 / 03.08.2018 10885

Rolikda sariq stilus bilan jihozlangan ko‘k rangli Galaxy Note 9 smartfoni aks etgan. Unda kompaniya mazkur qurilma bir marta quvvat olib butun kun davomida ishlashini ta'kidlaydi hamda smarfton xotirasini 1 terabaytga yetkazish mumkinligini, buning uchun unga 512 gigabaytli xotira kartasini joylashtirish lozimligini bildiradi.
 



Samsung Galaxy Note 9 smartfoni taqdimoti deyarli bir haftadan so‘ng — 9 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.  

Ko‘proq yangiliklar: