«Kun.uz» ishga taklif qiladi

O‘zbekiston 18:30 / 03.08.2018 56594

«Kun.uz» o‘z faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida yangi xodimlarni ishga taklif etadi.
 
1. Saytning rus tilidagi talqini uchun rus tilida ishlovchi tajribali jurnalistlar

Qo‘yiladigan talablar: 

- rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish;

- yosh: 30dan 40gacha;

- ish tajribasi: kamida 3 yil shu sohada; 

- xabarlarni o‘zbek tilidan rus tiliga tarjima qilish;.

- oylik ish haqi: 3 mln so‘m va undan yuqori.

2. Saytning ingliz tilidagi talqini uchun ingliz tilida ishlovchi jurnalistlar

Qo‘yiladigan talablar:

- ingliz tilini mukammal bilish;

- yosh: 25dan 40gacha;

- xabarlar, mualliflik maqolalarini yoza bilish qobiliyati;

- xabarlarni o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish;

- turli tadbirlardan xabarlar tayyorlash;

- oylik ish haqi - 4 mln so‘m va undan yuqori.

3. Shuningdek, yosh, izlanuvchan va serg‘ayrat xodimlar ishga qabul qilinadi.

Talabgorlar oliy o‘quv yurtlarini ta'limning gumanitar yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan bo‘lishi kerak.

Qo‘yiladigan talablar:

- o‘zbek tilini mukammal bilish (boshqa chet tillarini bilish ma'qullanadi);

- yosh: 20dan 30gacha;

- kompyuterda ofisga oid dasturlar bilan erkin ishlay olish;

- video va audiomahsulotlarni tayyorlash dasturlaridan xabardor bo‘lish;

- oylik ish haqi - 2 mln so‘m va undan yuqori.

«Kun.uz» nimalarni taklif qiladi?

Eng zamonaviy texnika vositalarida ishlash imkoniyati;

- shahar markazidagi ofis; 

- bepul tushlik va kechki ovqat;

- rasmiy mehnat shartnomasi;

- o‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun ajoyib imkoniyat.

Nomzodlardan info@kun.uz elektron pochta manziliga kichik hajm va erkin tarzda o‘zi haqida bayon etilgan ma'lumotlarni (F.I.Sh., yashash va ish joyi, telefon raqami, ish tajribasi, sohadagi faoliyatiga doir ma'lumotlar — nashr etilgan maqolalardan nusxalar va internetda e'lon qilingan ishlariga havolalar) yuborish so‘raladi.  

Shuningdek, +998 95 146 23 23 raqamidagi telegramga ma'lumotingizni yuborishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: