Chet el investitsiyalarining minimal miqdori 15 foizgacha tushiriladi 

Iqtisodiyot 09:30 / 03.08.2018 3622

O‘zbekistonda chet el investitsiyalarining minimal miqdori 15 foizgacha tushiriladi. Bu haqdagi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni loyihasi 2018 yil 30 sentabrga qadar tayyorlanadi.

Bu prezident tomonidan tasdiqlangan mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilab berildi.

Qayd etilishicha, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bu borada mas'ul etib belgilandi.

Ma'lumot uchun: bundan avval chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar ustav fondida chet el investitsiyalarining minimal miqdori 30 foiz edi.

Ko‘proq yangiliklar: