Bugun xalqaro moliyaviy tashkilotlarining yetakchilaridan biri bo‘lmish Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) bilan mikro-kichik va o‘rta biznes sub'yektlari loyihalarini moliyalash jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida kredit liniya ajratish bo‘yicha olib borilgan muzokaralar natijasida, DAVR Bank bilan birgalikda Kredit shartnomasi imzolandi.
Mazkur tadbir joriy yilning 1 avgust kuni YeTTB Prezidenti janob Suma Chakrabartining O‘zbekistonga tashrifi doirasida o‘tkazildi.
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki va DAVR Bank o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari muhtaram Prezidentimiz tomonidan e'lon qilingan va olib borilayotgan izchil islohotlari natijasida ro‘y berib, kelajakda bank va uning mijozlari bo‘lmish tadbirkorlar ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishi ko‘zda tutilgan.
O‘tgan davr mobaynida bank Osiyo taraqqiyot banki hamda Jahon bankining Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi tomonidan o‘rganib chiqilib, ular bilan o‘zaro kelishuvga erishgan. Natijada Osiyo taraqqiyot banki va Jahon bankining Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi bilan shartnomalar imzolangan. Mazkur xalqaro moliyaviy institutlari mablag‘larini jalb qilgan holda, bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirib kelmoqda.
DAVR Bank xususiy aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston moliya bozorida jadal rivojlanib borayotgan banklardan biri hisoblanadi. Bank so‘nggi yillarda o‘zini universal bank sifatida namoyon etib, zamonaviy texnologiyani qo‘llagan holda aholiga va yuridik shaxslarga keng ko‘lamli bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri O‘zbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash bo‘yicha innovatsion loyihalarni moliyalashdan iboratdir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bank faoliyatida alohida o‘rin tutadi. Bunda bank, mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirish bilan birga, o‘z omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini ham yuqori o‘ringa qo‘yadi.
Raqobatchilar orasida DAVR Bank o‘zini biznes bo‘yicha ishonchli hamkor sifatida namoyon etmoqda hamda iqtisodiy o‘sish, rivojlanish, samaradorlik va bozordagi hissasini oshirishga intilgan holda o‘z faoliyatini amalga oshirishga harakat qilmoqda.
Bank «Standart & poor’s» reyting kompaniyasi tomonidan berilgan “barqaror” xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga ega va ushbu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish uchun kuchli jamoasi bilan xarakat qilib kelmoqda.
Reklama huquqi asosida