Hukumat qarori bilan Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini Ichki iste'mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga xarid qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Nizomga muvofiq Ichki iste'mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Jamg‘arma mablag‘laridan ichki bozorda muhim turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari uchun narxlarning keskin oshib ketishini oldini olish maqsadida foydalaniladi.
Buning uchun oziq-ovqat mahsulotlarni Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xarid qiluvchi, tayyorlovchi, g‘amlovchi, saqlovchi va sotuvchi tashkilotlar tashkil etiladi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan narxlarda maxsus savdo shoxobchalarida sotiladi.