XVJ O‘zbekistonga alohida banklarni xususiylashtirishni tavsiya qildi

Iqtisodiyot 10:41 / 01.08.2018 6171

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) O‘zbekistonga ayrim banklarni xususiylashtirishni tavsiya qildi. Bu haqda tashkilot xodimlarining tashrifi yakunlari bo‘yicha berilgan bayonot matnida aytiladi.

Matnda ta'kidlanishicha, davlat korxonalari mamlakat iqtisodiyotining negizi bo‘lib qolmoqda, ammo faoliyat yuritishiga tahdid soluvchi turli xil muammolar bilan to‘qnash kelyapti.

Ulardan biri - avval mavjud bo‘lgan maqsadli kreditlash amaliyoti bo‘lib, bunda davlat korxonalariga imtiyozli kreditlar berilgan, bu esa ushbu banklar foydasiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

«Ushbu muammoni hal qilish uchun davlatga qarashli banklarni qayta tuzish va ularning faoliyatini tijorat xarakteri bilan ta'minlash kerak bo‘ladi», - deya hisoblaydi XVJ ekspertlari. 

Ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri - O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining resurslaridan foydalanuvchi taraqqiyot bankini tashkil etishdi, va ilgari deyarli taraqqiyot banklari sifatida faoliyat olib borgan davlat banklarini xususiylashtirish.

Ushbu variant bilan qator murakkab masalalar kelib chiqadi, ular, jumladan, yangi taraqqiyot bankini samarali boshqarish uchun tuzilmani ishlab chiqishga aloqador siyosatni aniqlash bilan aloqador.

Moliyaviy sektorni qayta tuzish jiddiy o‘rganish va tayyorgarlikka loyiq, shuning uchun uni tezda amalga oshirish kerak emas, deyiladi bayonotda.

Hozirda O‘zbekistonda 28ta bank mavjud. Ulardan 3tasi davlatniki, 12ta - aksiyadorlik tijorat, 8ta - xususiy aksiyadorlik tijorat va 5tasi xorijiy kapital ishtirokida.

Ko‘proq yangiliklar: