Apple smartfon yetkazish ko‘rsatkichlari bo‘yicha pastladi, kim birinchi?

Iqtisodiyot 21:08 / 01.08.2018 12466

Xitoyning Huawei kompaniyasi sakkiz yil deganda birinchi marta Apple'ni uchinchi o‘ringa surib, jahon miqyosida smartfonlarni yetkazib berish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. IDC tadqiqot kompaniyasining hisobotida shu haqida ma'lum qilindi. 

2018 yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra, smartfonlar ishlab chiqaruvchilari butun dunyo bo‘ylab xaridorlarga 342 million qurilma yo‘llashgan. Ta'kidlash joizki, bir yil avval bu ko‘rsatkich 348,2 milliontani tashkil qilgan edi.

Smartfonlarni yetkazib berish bo‘yicha yetakchilar uchligidan Samsung, Huawei va Apple kompaniyalari o‘rin oldi. Samsung 2017 yilning ikkinchi choragiga nisbatan 10,4 foiz kam smartfon yetkazgan bo‘lsa-da, birinchi o‘rinda qoldi. 

Huawei esa ikkinchi o‘rinni egallab, Apple kompaniyasini ortda qoldirdi. Apple yildan yilga o‘z ko‘rsatkichlarini 0,7 foizga oshirib, uchinchi o‘ringa tushdi. Hisobot davrida Amerika kompaniyasi smartfonlar bozorining 12,1 foizini egalladi. 

Yetakchilik beshligidan shuningdek smartfonlar bozorining 10 foizdan kamrog‘ini egallagan Xiaomi va Oppo kompaniyalari ham joy olgan.

Ko‘proq yangiliklar: