Murakkab qarorlarni tezroq qabul qilishning 8 usuli

Light 15:13 / 30.07.2018 19918

To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun uni o‘ylashga juda ko‘p vaqt sarf etish shart emas, deb hisoblaydi taym-menejment bo‘yicha mutaxassis Elizabet Greys Sanders. U tavsiya etadigan usullar quyidagilardan iborat.

Dastlab o‘zingizni muvaffaqiyatli qaror qabul qilishga tayyorlashingiz kerak. Bu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat.

Foto: Pixabay

O‘ylash uchun vaqt ajrating

Tabiiyki, vaqtingiz yo‘q. Agar vaqt yetishmasligi bosim o‘tkazayotgan bo‘lsa, kundalik vazifalarni rejalashtirishni butunlay ko‘rib chiqish kerak. Qanchalik g‘alati bo‘lsa ham tezkor qaror qabul qilish uchun ham vaqt ajratish lozim. Qaror qabul qilish – odatdagidan ko‘proq diqqat talab etadigan vazifa.

Kichik yechimlarni o‘ylash uchun sizga 30 daqiqa yoki bir soat kifoya. Jiddiyroqlari uchun esa – ikki yoki uch hafta davomida bir necha soat talab etiladi. Qaror qabul qilish uchun qancha vaqt ajratmang, uni kalendarda belgilash va tanlangan jadvalga amal qilish muhim.

Qanday qaror qabul qilish kerakligini aniqlang

Qaror qabul qilishdan avval amalga oshirayotgan tanlovingiz xususiyatiga aniqlik kiritish kerak. Masalan, agar ish joyini o‘zgartirish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, bunday qaror nafaqat ishdagi vazifalaringiz, balki ofisga yetib borish uchun yo‘l, maosh, hamkasblar va boshqalarga ta'sir qiladi. Qaroringiz ta'sir qiladigan asosiy omillarni aniqlab, u yoki bu tanlov sizni haqiqatan ham xursand qilishi yoki aksi ekanini tezda anglaysiz. Balki yangi ish joyi haqidagi taklif jozibalidir, biroq ofisga yetib olish uchun har kuni ikki soat ketishiga chiday olmaysiz.

Foto: Unsplash

Barcha variantlarni o‘ylab ko‘ring

Tanlovni “ha” va “yo‘q” so‘zlari bilangina cheklash kerak emas. Qaror qabul qilishdan avval ehtimoldagi barcha variantlarni o‘ylab ko‘ring. Balki darhol ko‘zga tashlanmagan kelishuvlar yoki muqobil jihatlarni toparsiz. Shuningdek, qaror qabul qilish kerak yoki zarur emasligi to‘g‘risida ham o‘ylab ko‘rish lozim. Ba'zida hech nimaga aralashmay, oqim bo‘ylab suzgan ma'qul.

Bular qaror qabul qilishning asosiy tamoyillari edi. Endi tanlovni tezroq amalga oshirishga yordam beradigan usullarga o‘tamiz. Ulardan har biri turli vaziyatlar uchun mos keladi.

O‘z tamoyillaringizga ishoning

Agar hayotda rioya etishni istaydigan tamoyillaringiz mavjud bo‘lsa, murakkab qarorlarni qabul qilishingiz oson bo‘ladi. Masalan, vaqtning muayyan miqdorini oilangiz bilan o‘tkazishni istaysiz yoki qarzdorlikning oshirib yuborilmaydigan asosiy darajasini belgilab olgansiz. Xizmat safari, yetib olish uzoq bo‘lgan ofisga ishga joylashish yoki yirik xarid haqida qaror qabul qilish kerak bo‘lsa, u yoki bu qaror tamoyillaringizga zid bo‘lishini darhol tushunasiz.

Foto: Getty Images

Yechim variantlarini kelishib oling

Ba'zi odamlarga barcha yechimlarini eshitish yordam beradi. Agar siz ular toifasidan bo‘lsangiz, muhokamadan so‘ng tezroq qaror qabul qila olasiz. Bu haqida muhokama qilayotgan odamlarga bildirish shart emas. Bor-yo‘g‘i sizni diqqat bilan tinglaydigan odam kerak. Suhbatingizning so‘ngida suhbatdosh hech nima demasa ham o‘zingiz qaror qabul qilasiz.

Fikrni tashqaridan eshitib ko‘ring

Ba'zida esa kimningdir maslahati kerak bo‘ladi. Agar hech qachon bajarmagan ishni amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, xuddi shunday vaziyatda bo‘lgan odamdan maslahat so‘rang. Biroq ehtiyot bo‘ling – maslahatga ko‘r-ko‘rona amal qilish ham yaramaydi. O‘z-o‘zidan ayon tanlov bo‘lib ko‘rinsa-da, sizga mos kelmasligi mumkin. Agar sizga maslahat berayotgan fikrlari ma'qul bo‘lmasa, rozi bo‘lish va chidash kerak emas. Nima bo‘lganida ham suhbat sizni yanada to‘g‘ri qaror sari yetaklashi mumkin.

Foto: Pixabay

O‘z qaroringizni sinab ko‘ring

Ba'zi holatlarda qaror variantini qabul qilishdan oldin sinab ko‘rish mumkin. Masalan, agar ish uchun sizga boshqa shaharga ko‘chishni taklif etishayotgan bo‘lishsa, dastlab u yerga borib ko‘rish va vaziyatni baholash yoki bo‘lajak hamkasblar bilan suhbatlashish lozim. Bunday daqiqalarda yangi tajribani boshdan o‘tkazasiz va tanangiz o‘zini notanish muhitda qay darajada qulay his etayotganini bildiradi.

O‘zingizga quloq soling

Ba'zida qaror qabul qilish jarayoni qiyin kechadi, miya bir variantni ratsional hisoblasa, yurak boshqasini to‘g‘ri sanaydi. Bunday holatda siz bildirayotgan umidlar haqida o‘ylab ko‘rish lozim. Masalan, ustozingizdan maslahat so‘raganingizda u nima qilishingizni aytishiga umid qilardingiz? Biz eng ratsional mavjudot emasmiz. Ba'zida shaxsiy umidlarga quloq solish o‘rinli, chunki ayrim vaqtda ular biz qaysi qarorni istayotganimizni aytadi.

Hayot murakkab tanlovlarga to‘la, biroq ular vaqtingizning ko‘p qismini olishi shart emas. Keyinchalik afsuslanmaslik uchun qarorlarni tezda, biroq  o‘ylab qabul qilishga o‘rganing.

Ko‘proq yangiliklar: