O‘zbekiston valyuta birjasida dollar va yevro haftani o‘sish bilan yakunlamoqda

Iqtisodiyot 16:17 / 27.07.2018 18736

Dollar birjada haftani 7791 so‘m, yevro esa - 9301 so‘mlik ko‘rsatkichda yakunlamoqda. Bundan Respublika valyuta birjasi ma'lumotlari darak beryapti.
 
So‘m o‘tgan hafta davomida AQSh valyutasiga nisbatan 2 so‘mga,  mustahkamlandi, yevroga nisbatan 101 so‘mga tushib ketdi.

So‘m bu ikki valyutaga nisbatan Markaziy bank kursi bo‘yicha ham pasaydi - dollar 1,5 so‘mga, yevro - 27,5 so‘mga qimmatlashdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda dollar kursi aprel oyidan beri birinchi marta o‘sgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: