Joriy yilning 27 iyul kuni Moliya vazirligida «Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturi» loyihasini amalga oshirish doirasida 300 mln AQSh dollari miqdorida zayom Bitimi imzolandi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan bitimni Sindi Malvichini – OTBning O‘zbekistondagi Doimiy vakolatxonasining rahbari v.b. imzoladi.
Sindi Malvichini O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri – Jamshid Qo‘chqorov bilan suhbat jarayonida Osiyo taraqqiyot banki rahbari va a'zolari nomidan O‘zbekiston hukumatiga o‘z hurmat va ehtiromini bildirib, mamlakatning iqtisodiy boshqaruvini takomillashtirishga, barqaror investitsion muhitni yaratishga va iqtisodiyotda xususiy sektorning ishtirokini oshirishga intilishiga qaratilgan tadbirlar, O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning kelajakdagi asosiy yo‘nalishlari bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.