Facebook’ning kapitallashuvi bir kunda 119 mlrd dollarga «quladi»

Iqtisodiyot 11:50 / 27.07.2018 5782

Facebook’ning kapitallashuvi bir kunda 119,4 milliard dollarga keskin kamaydi. Bu AQSh fond bozorida tarixiy antirekordga aylandi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.

Ta'kidlanishicha, Facebook aksiyalarining qiymati 26 iyul, payshanba kuni 19 foizga tushib ketgan. Savdolarni yopish vaqtida qimmatli qog‘ozlar 176,26 AQSh dollaridan sotilayotgandi. Bunday ko‘rsatkich, agentlikning qayd etishicha, kompaniya bozordagi kapitallashuvining 119,4 mlrd dollarga tushib ketishiga olib keldi. Bir kun avval u 629,71 mlrd dollarga baholangandi. Bunday «qulash» AQSh fond bozori tarixida kapitallashuvning bir kun ichidagi eng katta pasayishiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg kompaniya aksiyalari qiymati tushib ketganidan so‘ng taxminan 16,8 mlrd dollar yo‘qotgandi.

Ko‘proq yangiliklar: