«O‘zto‘qimachiliksanoat» 2018 yilda eksportni 1,6 mlrd dollargacha yetkazishni rejalashtirmoqda 

Iqtisodiyot 14:44 / 26.07.2018 4337

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi 2018 yilda mahsulot eksportini 1,6 mlrd AQSh dollarigacha oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

«So‘nggi yetti yil ichida biz uch barobardan ko‘proqqa o‘sdik. Bu yil 1,6 milliard dollarlik hajmda eksport qilishni rejalashtirmoqdamiz. Shu bilan birga, ilgari bizning eksportimizda yarim tayyor mahsulot 80 foizdan ortiqni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda yigirilgan ipning ulushi 40%gacha tushdi», - dedi uyushmasi raisi Ilhom Haydarov Toshkentdagi xorijiy investorlar bilan uchrashuvda so‘zga chiqib.
 
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston yengil sanoat korxonalari 1,1 milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan.

Poytaxtda xorijiy va mahalliy investorlar ishtirokida yagona investitsion takliflarning uchinchi uchrashuvi davom etmoqda. Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuv bu safar yengil sanoatdagi investitsiyalarga yo‘naltirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: