O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi 2018 yil birinchi yarmida O‘zbekiston bilan savdo hajmi eng yuqori mamlakatlar o‘ntaligini e'lon qildi.
Unda birinchi o‘rinni Rossiya egalladi. Ushbu davlat bilan savdo aylanmasi 2 826 mln dollarga, eksport - 1 022 mln dollar, import - 1 813 mln dollarga teng bo‘ldi. Bu mamlakatning umumiy savdo aylanmasidagi ulushi - 16%.
Keyin Xitoy bormoqda: savdo aylanmasi - 2 811 mln dollar, eksport - 1 304 mln dollar, import - 1 506 mln dollar. Umumiy savdo aylanmasidagi ulushi - 15,9%.
Uchinchi Qozog‘iston: savdo aylanmasi - 1 436 mln dollar, eksport - 701, import - 735. Umumiy savdo aylanmasidagi ulushi - 8,1%.
Keyingi pog‘onalardan Turkiya, Koreya, Afg‘oniston, Germaniya, AQSh, Latviya va Belarus joy oldi.
Ma'lumot uchun, 2017 yil yanvar-iyun oylarida savdo aylanmasi – 12,044 mln dollar, 2018 yil yanvar-iyun oylarida savdo aylanmasi – 17685,3 mln dollarga teng bo‘lgan. 2017 yil yanvar-may oylarida eksport hajmi – 5 945,8 mln dollar va 2018 yil yanvar-may oylarida eksport hajmi – 7 793,4 mln dollarni tashkil qildi.