Samsung sinmaydigan OLED-ekranni namoyish etdi

Foto: YouTube
Samsung smartfonlar uchun «o‘lmaydigan» displey yaratganini ma'lum qildi. U AQSh tegishli muassasalarida sertifikatlashtirishdan o‘tgan.
Samsung Display’dan nafaqat smartfonlar, balki avtomobil konsollari, harbiy ahamiyatga ega mobil qurilmalar, portativ o‘yin qurilmalari va planshetlar uchun ham foydalanish mumkin. U plastikdan tayyorlanadi, juda yengil va mustahkam bo‘lib, xususiyatlari oddiy oynanikidan aslo qolishmaydi.
Ekran 1,2 metr balandlikdan ketma-ket 26 marta pastga tashlab sinab ko‘rildi va hech qanday shikastlanishlarsiz ishlashda davom etdi. U shuningdek o‘ta yuqori (+71 daraja) va past (-32 daraja) haroratlarda ham sinovdan o‘tkazildi va bu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Samsung shuningdek uni 1,8 metr balandlikdan tashlab ham sinab ko‘rdi. Sinov muvaffaqiyatli yakunlangan. Endi u AQSh mudofaa vazirligi tasdiqlagan harbiy standartlar bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

21:15 / 03.03.2025
Samsung o‘rta budjetli A56, A36 va A26 smartfonlarini taqdim qildi

20:04 / 14.02.2025
Samsung uchga buklanadigan smartfonni yozda chiqaradi

16:38 / 23.01.2025
Samsung o‘zining eng yupqa smartfonini taqdim etdi

16:16 / 21.01.2025