O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi 2018 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston tomonidan eksport qilingan mahsulotlari ro‘yxati haqida ma'lumot berdi.
Unga ko‘ra, tabiiy gaz eksporti 1 139 948 ming dollarga teng bo‘lgan bo‘lsa, meva-sabzavot ishlab chiqarish - 463 198, ip, paxta - 381 039, polietilen - 219 495, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari - 216 839, paxta tolasi - 166 081, mis katodi - 147 594, elektr energiya - 105 983, tabiiy uran - 98 927, qora metall prokati - 90 373, teri mahsulotlari - 34 865, trikotaj matolar - 33 249, paxta matolari - 29 687, qurilish materiallari (sementdan tashqari) - 28 253, yengil avtomobillar - 22 164, polipropilen - 21 587, karbamid - 21 255, oziq-ovqat mahsulotlari - 18 324, kaliy o‘g‘itlari - 17 062, ammiakli selitra - 14 911 ming dollarni tashkil qildi.
Eksportning umumiy hajmi 7 793 421,1 ming dollarni tashkil qildi.