Mo‘ynoqda yana bir gaz koni ishga tushirildi

Iqtisodiyot 09:17 / 25.07.2018 9881

Mo‘ynoq tumanidagi Quyi Surg‘il hududida ikkinchi quduq ochilib, gaz kondensati olishga kirishildi. «O‘zbekneftgaz» AJdan xabar qilishlaricha, joriy yilning yanvar oyida ushbu hududda birinchi kon foydalanishga topshirilgan edi. Shundan so‘ng bu yerda geologlar bergan ma'lumotlarga tayangan holda burg‘ilovchilar ishni davom ettirdilar, deb yozadi «Xalq so‘zi».

Ta'kidlash kerakki, mamlakat neft-gaz sanoatini rivojlantirish dasturida Surg‘il koni alohida ahamiyatga ega. Uni qazish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va boy resurslarni qayta ishlash infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ushbu hududda katta hajmda gaz zaxiralari mavjudligi aniqlangan. Yaqin kelajakda yana shunday bir necha quduqlar topilishi va ishga tushirilishi kutilyapti. 

Bugungi kunda «O‘zbekneftgaz» AJning geofiziklar, geologlar hamda muhandislardan iborat maxsus guruhi Quyi Surg‘ilda qidiruv ishlarini faol olib borishyapti. Eng zamonaviy maxsus texnikalar va asbob-uskunalardan foydalanilayotganligi esa yangi konlarning o‘zlashtirilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: