Ishbilarmon va tadbirkorlar Toshkent viloyatidagi kichik sanoat zonalari a'zosi bo‘lishga taklif etiladi 

Iqtisodiyot 22:05 / 25.07.2018 2471

Hurmatli Ishbilarmon va tadbirkorlar! Sizlarni Toshkent viloyatida yaratilgan kichik sanoat zonalari a'zosi bo‘lishga taklif etamiz.

Kichik sanoat zonasi a'zolariga belgilangan tartibda 2 yil mobaynida mol-mulk va daromad solig‘idan ozod bo‘lish imkoniyati, yer yoki bino-inshootlar xususiylashtirish sharti bilan “nol” qiymatda 10 yil muddatga ijaraga beriladi.

Ishlab chiqarishni (xizmat ko‘rsatishni) tashkil qilish uchun zaruriy bo‘lgan elektr, tabiiy gaz va suv tarmoqlari kichik sanoat zonalari chegarasiga qadar tortilgan.

Hozirda Toshkent viloyati Angren shahar (1,95 ga yer maydoni), Bekobod shahar (10,8 ga yer maydoni, 13,6 kv.m bino), Olmaliq shahar (0,30 ga yer maydoni), Bekobod tumani (1,87 ga yer maydoni, 1204,0 kv.m bino), Oqqo‘rg‘on tumani (0,56 ga yer maydoni, 366,5 kv.m bino), Piskent tumani (1,27 ga yer maydoni, 418,7 kv.m bino), O‘rtachirchiq tumani (5,21 ga yer maydoni, 1645 kv.m bino) va Quyichirchiq tumani (0,80 ga yer maydoni, 72 kv.m bino) kichik sanoat zonalarida bo‘sh yer maydonlari va bino-inshootlari mavjud.

Murojaat uchun telefonlar:

Angren shahar Kichik sanoat zonasi – (+99894) 409-00-84;
Bekobod shahar Kichik sanoat zonasi – (+99890) 137-21-47;
Olmaliq shahar Kichik sanoat zonasi – (+99894) 405-10-11;
Bekobod tumani Kichik sanoat zonasi – (+99899) 401-80-39;
Oqqo‘rg‘on tumani Kichik sanoat zonasi – (+99890) 175-07-78;
Piskent tumani Kichik sanoat zonasi – (+99893) 189-39-36;
O‘rtachirchiq tumani Kichik sanoat zonasi – (+99890) 349-90-82;
Quyichirchiq tumani Kichik sanoat zonasi – (+99890) 330-50-43;
Toshkent viloyati Raqobat boshqarmasi – (+99871) 230-41-73, 230-19-63.

Ko‘proq yangiliklar: