O‘zbekiston 2018 yil 29-30 avgust kunlari Jizzax xalqaro investitsion forumini (Jizzakh International Investment Forum) o‘tkazadi.
Forum O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan Jizzax viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Birinchi marta «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasi hududida xalqaro investitsion forum bo‘lib o‘tadi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad: O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlarning ishbilarmon doiralari va vakillarini Jizzax viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holati, investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar, shuningdek, xorijiy sarmoyadorlar va tadbirkorlik sub'yektlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan tanishtirish.
Ikki kunlik investitsion forumning o‘tkazilishi dasturida biznes-forum, Jizzax viloyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi, B2B muzokaralarni o‘tkazish, mintaqadagi sanoat korxonalariga tashrif buyurish rejalashtirilgan.