Tojikistonning uch banki O‘zbekistondan 100 mln dollar miqdorida kredit oladi

Iqtisodiyot 19:24 / 24.07.2018 7248

Tojikistonning «Amonatbank» davlat omonat banki va O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ushbu kreditlarni berish bo‘yicha barcha shartlarni muhokama qildi, deya xabar tarqatdi «ASIA-Plus».

«Savdoni moliyalashtirish bo‘yicha yakuniy hujjat kelgusi kunlarda imzolanadi», - dedi «Amonatbank» rahbari Ruxullo Hakimzoda 24 iyul kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Amonatbank» orqali o‘zbek tovarlari va mahsulotlarini import qiluvchilarga 33 million dollardan ortiq mablag‘ ajratilmoqda.

Hukimzoda so‘zlariga ko‘ra, hujjat imzolaganidan so‘ng o‘zbek tovarlarini mamlakatga import qilishni istagan tojikistonlik importchilar 1 million dollarga teng imtiyozli kreditlar olishi mumkin.

Kreditlar berish mexanizmi quyidagicha: O‘zbekiston banki O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilariga pul mablag‘lari beradi, ularning hisobidan tojikistonlik importchilar tovarlarni oladi. Bu jarayonda «Amonatbank» kafil sifatida chiqadi, ya'ni tojik kompaniyalariga kafolat maktubini taqdim etadi, ular bilan O‘zbekistonda tovarni olish mumkin. Keyinchalik tojik yetkazib beruvchilari «Amonatbank»ga kreditni somoniyda to‘laydi, u esa, o‘z navbatida, pullarni valyutaga konvertatsiya qiladi va O‘zbekiston bankiga qaytaradi.

«Amonatbank» rahbarining ta'kidlashicha, O‘zbekiston kreditlari bir yildan uch yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Ya'ni, agar yetkazib beruvchi xalq iste'moli tovarlari olib kirishni xohlasa - 1 yilgacha, agar uskunalar bo‘lsa - 3 yilgacha.

«Kreditlar uchun foiz stavkasi yiliga 8 foizni tashkil etadi, agar kredit muddati 1 yil bo‘lsa. Agar muddat bir yildan oshsa, bu raqam yiliga 9% bo‘ladi», - dedi u. 

Hakimzoda ta'kidlashicha, mazkur bankda har bir shartnoma bo‘yicha akkreditivlarni bir million dollargacha ochish mumkin.

Joriy yilning mart oyida «Amonatbank» va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, «Esxat banki» va «Asaka» banki, shuningdek, «Oriyonbank» hamda «O‘zsanoatqurilishbank» o‘rtasida savdoni moliyalashtirish bo‘yicha bitimlar imzolandi.

Ushbu kelishuvlarga ikki hukumat o‘rtasida imzolangan moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida banklar o‘rtasida erishildi.

Hujjat yuqorida qayd etilgan banklar tomonidan umumiy qiymati 100 million AQSh dollarini tashkil etuvchi maxsus kredit liniyalari ochilishini nazarda tutadi.

Ko‘proq yangiliklar: