Germaniya kompaniyasi O‘zbekistonga 100 mln dollar sarmoya kiritadi

Iqtisodiyot 13:01 / 23.07.2018 6783

Plaza Hotelgroup GmbH (Germaniya) kompaniyasi mehmonxonalar tarmog‘ini yaratish uchun O‘zbekistonga sarmoya kiritmoqchi. 

Germaniya kompaniyasi Best Western brendi ostida mehmonxonalar tarmog‘ini yaratish niyatida. Hozir kompaniya Germaniya, Avstriya, Chexiya va Niderlandiyada faoliyat yuritadi.

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayevning Plaza Hotelgroup GmbH kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvida mehmonxona tarmog‘ini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida kompaniya O‘zbekistonning yirik shaharlarida mehmonxona qurish uchun 100 million dollar sarmoya kiritmoqchi ekani ta'kidlandi. 3-5 yil davomida kompaniya 6-8ta mehmonxona quradi.

Ko‘proq yangiliklar: