Artel sovutkichlarining dizaynini yangiladi

Iqtisodiyot 18:23 / 23.07.2018 15301

Olimlarning ta'kidlashicha, kundalik turmushda estetik huzur ko‘rib, go‘zal buyumlarni ishlatuvchi insonlarning umri uzoqroq bo‘ladi. Shu sababli so‘lim interer, hamda ko‘rkam dizaynga ega bo‘lgan maishiy texnikadan foydalanib, dilni quvontirish salomatlik uchun juda ham muhimdir.

Artel korxonasining mutaxassislari maishiy texnikaning tashqi ko‘rinishi rohat bag‘ishlaydigan darajada go‘zal bo‘lishi uchun, uning dizaynini yaxshilash, sifatini oshirish yo‘lida to‘xtovsiz tadqiqotlar olib boradi.
Ushbu tadqiqotlarning natijasi sifatida Artel korxonasi 40 yillik tajribaga ega Italiyaning QS Group korxonasi bilan hamkorlikda yangi sovutkichlarni ishlab chiqdi.

Yangi sovutkichlar qizil, yashil, oq, metallik hamda kulrang kabi ranglarda taqdim etilgan. Foydalanish yanada qulayroq bo‘lishi uchun, sovutkichlarning eshigi boshqa tomonga ochiladigan qilib sozlash, hamda sovutkich tokchalarining balandligini o‘zgartirish imkoniyati bor.  Sovutkichning tokchalari toblangan shishadan yasalgan va og‘ir vaznlarni ko‘tara oladi. Aytib o‘tish joizki, Artel sovutkichlarida maxsus ozuqa plastigi, hamda ozon qatlamiga zarar yetkazmaydigan ekologik toza R600 xladagenti ishlatilgan.

Yangi, ikki kamerali Artel sovutkichlari katta oilalar uchun a'lo to‘g‘ri keladi va hatto bir xaftalik oziq-ovqatni saqlash imkoniyatiga ega. Artel sovutkichlari so‘lim dizaynga ega, hamda yorqin, ko‘rkam ranglarga bo‘yalgan. Artel sovutkichlarining yana bir afzalliklaridan biri, bu issiq davlatlar iqlimiga to‘liq moslashtirilganidir. Artel sovutkichlari – maishiy texnika dunyosida haqiqiy estetik zavqni his eting.

Artel korxonasi o‘z mahsulotlariga uch yil to‘liq bepul kafolat beradi. Sotib olingan mahsulotni kafolat bo‘yicha ta'mirlash yoki ehtiyot qismini almashtirish uchun O‘zbekiston respublikasi bo‘ylab faoliyat ko‘rsatayotgan 33 dan ortiq servis markazidan biriga murojaat qiling.   

Qo‘shimcha ma'lumot uchun: (+99871) 148-88-88 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki  www.artelgroup.org  , www.facebook.com/arteluzb  saytlariga tashrif buyuring.

Reklama huquqi asosida 

Ko‘proq yangiliklar: